“Fuqarolik jamiyati — inklyuziv rivojlanish va mahalliy tashabbuslar drayveri” yakuniy forumi uchun o‘tkazish joyini tanlash (konferens-maydon, ovqatlanish va turar joy) bo‘yicha
“Yuksalish” harakati tomonidan Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik rivoji uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ikki kunlik yakuniy forum uchun o‘tkazish joyini tanlash bo‘yicha ochiq tender e’lon qilinadi.
|
Tender predmeti |
Yakuniy forum uchun konferens-zal va xonalar, ko’rgazmalar uchun maydon, ovqatlanish (keytering) xizmatlari va ishtirokchilarni mehmonxonada joylashtirish. |
|
Tadbir sanalari |
2026-yil 1–2-dekabr (2 to‘liq kun). Ishtirokchilarning kelishi — 2026-yil 30-noyabr, jo‘nab ketishi — 2026-yil 3-dekabr (3 kecha). |
|
Ishtirokchilar soni |
Forum: 1-kuni 91 nafargacha, 2-kuni 79 nafar. Turar joy: 65 nafar (hududlardan kelgan 57 nafar ishtirokchi ikki o‘rinli Twin xonalarda va loyihaning 8 nafar xodimi bir o‘rinli xonalarda). |
|
Lotlar |
1-lot. Konferens-maydon: asosiy zal, guruh ishlari uchun xonalar, foyedagi ko‘rgazma zonasi, kofe-breyklar, tushliklar va kechki ovqat. 2-lot. Turar joy: nonushta bilan 3 kecha; 30-noyabr va 1-dekabr kechki ovqatlari. |
|
Ishtirok tartibi |
Taklif ikkala lot bo‘yicha beriladi. Boshqa shartlar teng bo‘lganda kompleks taklifga (ikkala lot bitta maydonda) ustunlik beriladi. Qisqa ro‘yxatga kiritilgan maydonlar 16-noyabr kuni komissiya tomonidan ko‘zdan kechiriladi. |
|
Kimlar ishtirok etishi mumkin |
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, 80 nafar va undan ortiq ishtirokchili tadbirlarni o‘tkazish tajribasiga ega mehmonxonalar, konferens-markazlar. |
|
Taklifni topshirish |
Texnik topshiriqqa muvofiq tayyorlangan texnik va narx takliflari lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochtasiga “Tender — forum o‘tkazish joyi — [tashkilot nomi]” mavzusi bilan tasdiqlangan holda topshiriladi. |
|
Topshirish muddati |
2026-yil 16-noyabr, soat 12:00 gacha (Toshkent vaqti bilan). Muddatdan keyin kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi. |
|
Savollar |
2026-yil 13-noyabrgacha lutfiddinov@yuksalish.org manziliga yoki +(998) 99 835-85-56 raqamiga yuborilishi mumkin. Javoblar hujjatlarni so‘ragan barcha ishtirokchilarga yuboriladi. |
|
Natijalar |
2026-yil 16-noyabrgacha e’lon qilinadi. |
|
Hujjatlar |
Texnik topshiriq va narx taklifi shakli |
Buyurtmachi har qanday yoki barcha takliflarni rad etish, shuningdek shartnoma tuzilgunga qadar tenderni istalgan bosqichda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Tenderda ishtirok etish buyurtmachiga hech qanday moliyaviy majburiyat yuklamaydi