Yurisprudensiya sohasida tajribaga ega ekspertlar diqqatiga!
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan, Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasining 5-faoliyati (Universitet va texnikumlardagi yuridik klinikalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash) doirasida Yuridik klinikalarda ishni tashkil qilish bo‘yicha Katta ekspert qidirilmoqda.
Lavozim turi: Kelishuv asosida (ekspertlik kuni)
Ish joyi: Toshkent shahri (Maqsadli hududlarga xizmat safarlari ko‘zda tutilgan)
Davomiyligi: 2026-yil aprel oyidan dekabr oyi yakuniga qadar
Loyiha haqida qisqacha: loyiha O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini oshirish va ijtimoiy taraqqiyotda inkluzivlikni ta’minlashga qaratilgan.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar va uning asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada keltirilgan.
Ariza topshirish tartibi: Qiziqish bildirgan nomzodlardan o‘zlarining rezyumelarini (CV) va ushbu lavozimga nima uchun munosib ekanliklari bayon etilgan qisqacha motivatsion xatni info@yuksalish.org yoki lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochtalariga yuborishlari so‘raladi.
Muddat: 2026-yil 25-martga qadar.
Faqat saralab olingan (shortlisted) nomzodlar suhbatga taklif etiladi.
“Yuksalish” harakati matbuot xizmati.