Jamoatchilik kengashlari monitoringi natijalari: yutuq va kamchiliklar aniqlandi
“Yuksalish” harakati joriy yil davomida davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini monitoring qildi.
Ma’lumot uchun: мazkur monitoring O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi PF-124-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan tavsiyalarga muvofiq olib borildi.
Monitoring maqsadi – jamoatchilik kengashlari (JK) tomonidan asosiy funksiyalarning bajarilish darajasi, faoliyat shaffofligi va yangi tashkiliy talablarga muvofiqligini baholash, shuningdek, faolligi va samaradorligi bo‘yicha reyting tuzish.
Birinchi bosqichda 50 ta davlat organiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-124-sonli Farmoniga havola bilan bildirish xatlari yuborildi. Xatlarda Farmonning asosiy talablari, xususan: jamoatchilik kengashlarini qayta tashkil etish zarurati, JK raislarini fuqarolik jamiyati institutlari (FJI) vakillari orasidan tasdiqlash, shuningdek, JK faoliyatini qonun hujjatlari talablariga muvofiq qayta yo‘lga qo‘yish talablari ko‘rsatildi.
Ikkinchi bosqich www.yuksalish.org rasmiy veb-saytida “Jamoatchilik kengashlari” bo‘limi tashkil etilib, ularning faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normativ hujjatlar joylashtirildi.
Uchinchi bosqich JK faoliyati samaradorligini baholash maqsadida tashkiliy ishlar bo‘yicha oraliq monitoringlar, davlat tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida JK faoliyatining yoritilishi monitoring qilindi. Natijalar “Yuksalish” harakati saytida va ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilindi.
To‘rtinchi bosqich 2024-yil avgustidan 2025-yil avgustigacha davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar hamda ochiq manbalarda, jumladan, rasmiy veb-saytlarda mavjud axborotlarni o‘rganish asosida o‘tkazildi.
Tahlil JK faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan metodologiya asosida amalga oshirildi. Metodologiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-124-sonli Farmoni talablari davlat organlari tomonidan bajarilish indikatorlarini ham o‘z ichiga oldi:
Yakuniy monitoring 23 ballik baholash tizimi asosida o‘tkazildi. 20 ta vazirlik, 7 ta idora va 5 ta qo‘mita huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligi baholandi.
|
Umumiy tashkiliy indikatorlar |
||
|
№ |
Yo‘nalishlar |
ballar |
|
1 |
JK raisining maqomiga muvofiqligi |
3 ball |
|
2 |
A’zolar soni (kamida 15 nafar) |
3 ball |
|
3 |
Tarkibda NNT ulushi (kamida 50%) |
3 ball |
|
4 |
O‘tkazilgan yig‘ilishlar soni (yiliga) |
3 ball |
|
5 |
Rasmiy tarzda taqdim etilgan tashabbus va tavsiyalar soni |
3 ball |
Qo‘shimcha mezonlar (PF-124-sonli Farmon talablarining bajarilishi indikatorlari) va maksimal ballar:
|
№ |
Yo‘nalishlar |
ballar |
|
1 |
JK a’zolari tomonidan o‘quvlar/treninglardan o‘tilishi (sertifikatlar mavjudligi) |
1 ball |
|
2 |
JK a’zolarining davlat organlari ijtimoiy buyurtma loyihalarini tanlab olish jarayonidagi ishtiroki |
1 ball |
|
3 |
Davlat organi tomonidan moddiy-texnik va/yoki ma’muriy qo‘llab-quvvatlashning ta’minlanishi |
1 ball |
|
4 |
Faoliyatning ochiqligi (rasmiy veb-sayt va axborot kanallarida e’lonlar) |
5 ball |
Masalan, PF-124-sonli Farmon indikatori — “Davlat organining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan jamoatchilik kengashlarining faol a’zolarini moddiy rag‘batlantirishni ta’minlash”, ya’ni davlat organi tomonidan ularning faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishi. Ushbu mezon nafaqat JK faolligini, balki JK va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash darajasini ham aks ettiradi. “Yig‘ilishlar soni” ko‘rsatkichi esa a’zolar faolligini, motivatsiyasi hamda davlat organi tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Asosiy natijalar va faollik bo‘yicha guruhlash. Monitoring natijalariga ko‘ra, barcha jamoatchilik kengashlari to‘plangan umumiy ball asosida (maksimal ball — 23) to‘rtta faollik guruhiga ajratildi.
|
Guruh |
Guruh nomi |
Ball diapazoni |
Tavsif |
|
I |
Faollikda yetakchi |
18–23 |
Mandatga to‘liq muvofiqlik, yuqori darajadagi shaffoflik, PF-124-sonli Farmon talablarining 100% bajarilishi |
|
II |
Barqaror faol |
15–17 |
Barqaror faoliyat, asosiy funksiyalar bajarilgan, biroq tashabbuslar yoki ochiqlikda ayrim bo‘shliqlar mavjud |
|
III |
Faollashtirishni talab etuvchi |
11–14 |
Talablar rasmiyatchilik uchun bajarilgan, ochiqlik past va tashabbuslar darajasi sust |
|
IV |
Nominal |
0–10 |
Qog‘ozda bor, ammo asosiy mezonlar bajarilmagan, shaffoflik mavjud emas |
Agentliklar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faolligi va samaradorligi reytingi (maksimal ball — 23, minimal ball — 0)
|
№ |
Agentlik nomi |
Ball |
|
1 |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
19 |
|
2 |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
16 |
|
3 |
Migratsiya agentligi |
15 |
|
4 |
Milliy antidoping agentligi |
15 |
|
5 |
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
14 |
|
6 |
Yoshlar ishlari agentligi |
11 |
|
7 |
Madaniy meros agentligi |
10 |
Qo‘mitalar huzuridagi jamoatchilik kengashlari faolligi va samaradorligi reytingi (maksimal ball — 23, minimal ball — 0)
|
№ |
Qo‘mita nomi |
Ball |
|
1 |
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita |
19 |
|
2 |
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi |
18 |
|
3 |
Soliq qo‘mitasi |
12 |
|
4 |
Oila va xotin-qizlar ishlari bo‘yicha qo‘mita |
11 |
|
5 |
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi |
10 |
Vazirliklar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faolligi va samaradorligi reytingi (maksimal ball — 23, minimal ball — 0)
|
Viloyat hokimliklari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faolligi va samaradorligi reytingi (maksimal ball — 23, minimal ball — 0)