@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

VAKANSIYA: LOYIHANING MOLIYAVIY MASALALARI BO‘YICHA MUTAXASSIS

 2025-12-25 14:57:18   |     Просмотров: 966

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyalashtirilayotgan, Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, milliy hamkor — "Yuksalish" harakati bilan amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish" loyihasiga moliyaviy masalalar bo‘yicha mutaxassis qidirilmoqda.

Lavozim turi: yarim stavka (50% bandlik, oflayn)

Ish joyi: Toshkent shahri

Davomiyligi: loyiha yakuniga qadar (shartnomani uzaytirish imkoniyati bilan)

I. LOYIHA HAQIDA QISQACHA:

Loyiha O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini oshirish va ijtimoiy taraqqiyotda inkluzivlikni ta’minlashga qaratilgan. Loyiha Yevropa Ittifoqi hamda BMZ moliyaviy standartlari asosida amalga oshiriladi.

 

II. LAVOZIM MAJBURIYATLARI:

- loyihaning umumiy byudjetini boshqarish va xarajatlarni doimiy monitoring qilib borish;

- Yevropa Ittifoqi va Konrad Adenauer jamg‘armasining moliyaviy tartib-taomillari hamda BMZ talablariga rioya qilinishini ta’minlash;

- loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha to‘lovlarni muvofiqlashtirish, birlamchi buxgalteriya hujjatlarini (hisob-fakturalar, shartnomalar, dalolatnomalar va h.k.) tayyorlash va tekshirish;

- “Yuksalish” harakati va Konrad Adenauer jamg‘armasi o‘rtasidagi moliyaviy hisobotlarni muvofiqlashtirish;

- loyihaning oylik, choraklik, yillik va yakuniy moliyaviy hisobotlarini tayyorlash;

- tashqi audit tekshiruvlari va monitoring missiyalari uchun zarur hujjatlar paketini tayyorlash;

- O‘zbekiston Respublikasining soliq va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq loyiha xarajatlarini rasmiylashtirish.

 

III. NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- moliya, iqtisodiyot yoki buxgalteriya sohasida oliy ma’lumot;

- xalqaro loyihalarda (ayniqsa, YEI yoki boshqa donor tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda) kamida 3 yillik ish tajribasi;

- Yevropa Ittifoqining moliyaviy hisobot tizimi va BMZ qoidalari haqida tushunchaga egalik (ustunlik beriladi);

O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligi va buxgalteriya standartlarini mukammal bilish;

- o‘zbek va ingliz tilini bilish;

- Microsoft excel va buxgalteriya dasturlari (masalan, 1C) bilan professional darajada ishlash qobiliyati;

- mas’uliyat, aniqlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.

IV. MEHNAT SHAROITLARI:

- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

- moslashuvchan ish grafigi (yarim kunlik bandlik);

- zamonaviy va qulay ofis sharoiti (Toshkent markazida);

- xalqaro ekspertlar bilan ishlash va tajriba orttirish imkoniyati;

- nomzodning malakasi va tajribasidan kelib chiqqan holda raqobatbardosh ish haqi.

V. ARIZA TOPSHIRISH TARTIBI:

Qiziqish bildirgan nomzodlardan o‘zlarining rezyumelarini (CV) va ushbu lavozimga nima uchun munosib ekanliklari bayon etilgan qisqacha motivatsion xatni info@yuksalish.org yoki lutfiddinov@yuksalish.org elektron pochtalariga yuborishlari so‘raladi.

Muddat: 2026-yil 5-yanvarga qadar.

Faqat saralab olingan (shortlisted) nomzodlar suhbatga taklif etiladi.