O'zbekistonda fuqarolik jamiyati bo'yicha loyiha eksperti lavozimiga arizalar qabul qilinmoqda!
Shveytsariya Taraqqiyot va Hamkorlik Agentligining (SDC) O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida va “Yuksalish” harakati tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mahalliy fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va muloqot platformalarini yaratish” loyihasi doirasida fuqarolik jamiyati bo‘yicha milliy tahlilchi-ekspert (konsultant) jalb etilishi rejalashtirilmoqda.
Pilot hududlar: Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand
Ekspertning vazifasi: pilot hududlarda oʼtkaziladigan davra suhbatlarida ishtirok etish, davra suhbatlari, jamoatchilik konsultatsiyalari, soʼrovnoma natijalaridan olingan ma’lumotlarni tizimli tahlil qilish, fuqarolik jamiyati tashkilotlari rivojlanishining ustuvor tendensiyalari, dolzarb muammolari va ehtiyojlarini aniqlashdan iborat. Shuningdek, fuqarolik jamiyati rivojlanishiga oid milliy qonunchilik hamda xalqaro tajribalar asosida desk review amalga oshiriladi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati holati bo‘yicha to‘liq analitik hisobot, amaliy tavsiyalar paketi va qisqa ijroiya xulosa tayyorlanadi
Ekspertga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy ma'lumot darajasiga ega – Ijtimoiy fanlar, davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatiga oid qonunchilik sohalarida yetarli bilim va malakaga ega boʼlishi.
- Kamida 5 yil tahliliy tadqiqot tajribasi.
- Fuqarolik jamiyati yoki jamoatchilik siyosati bo‘yicha tajriba afzal.
- Kuchli analitik va yozma ko‘nikmalar
Arizalarni topshirish muddati: 2025-yil 27-dеkabr, soat 18:00 gacha.
Batafsil tехnik topshiriq bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.