@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida 10 ta NNT faoliyati tashkiliy va institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi

 2019-07-03 18:30:00   |     Просмотров: 3390

Bugun “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida tajriba tarzida tashkiliy va institutsional salohiyatlarini oshirishda metodik va amaliy yordam berish rejalashtirilgan 10 ta mustaqil NNTlarga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekistonda mahalliy NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ularga kichik grantlar taqdim etish, uslubiy va amaliy ko‘nikmalar berish, trening va o‘quv kurslarini tashkil etish maqsadida joriy yil aprel oyida “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturiga start berildi.

Dastur “Yuksalish” umummilliy harakati va Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (Qozog‘iston) tomonidan AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 10 ta mustaqil NNTlar va davlat organlari huzuridagi 5 ta Jamoatchilik kengashlari uchun pilot tarzda tashkiliy va institutsional salohiyatlarini oshirishda metodik va amaliy yordam berish rejalashtirilgan edi.

Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning aprel-iyun oylari davomida respublikaning barcha hududlaridan arizalar qabul qilinib, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat hay’at a’zolari tomonidan o‘rganildi va baholandi. Natijada, quyidagi 10 ta mustaqil NNTlar g‘olib deb topildi:

1.    “Nihol” (Toshkent sh.)
2.    “Special Olympics” (Toshkent sh.)
3.    “Downside sport”    (Toshkent sh.) 
4.    “Yuksak salohiyat” (Toshkent sh.) 
5.    “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish” markazi (Toshkent sh.)
6.    “Taraqqiyot” (Farg‘ona viloyati)
7.    “Prometey” (Farg‘ona viloyati)
8.    “Ayol va shodlik”    (Surxondaryo viloyati)
9.    “Hamdard” (Xorazm viloyati)
10.  “Mehr” (Sirdaryo viloyati )

“Yuksalish” umummilliy harakati qoshida tashkil etilgan kovorking markazida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida malakali trenerlar tomonidan NNTlarni tashkiliy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan trening tashkil etildi. 

Endilikda, mazkur NNTlar va jamoatchilik kengashlari “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlanadi. Jumladan, joriy yilning iyul—avgust oylari davomida g‘olib tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi va tahlil qilinadi..

Bundan tashqari, dastur ishtirokchilari shahar kengashlari faoliyatini o‘rganish hamda mazkur yo‘nalishda xalqaro tajriba bilan tanishish maqsadida AQShga tashrif buyuradilar. Shuningdek, O‘zbekistonda turli hududiy o‘quv kurslari va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, AQShning Jon Xopkins universitetining Fuqarolik jamiyatini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va viloyatlarda treninglar o‘tkaziladi.