22-oktabrdan 3-noyabrgacha respublikada “Biz — donormiz” aksiyasi o‘tkaziladi
22-oktabrdan 3-noyabrgacha butun respublika bo‘ylab “Biz — donormiz” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya “Yuksalish” harakati tomonidan Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tashabbusning maqsadi — donorlik qoni zaxiralarini to‘ldirish va jamiyatda donorlik madaniyatini rivojlantirishdir.
O‘tgan yili aksiya doirasida mamlakat bo‘ylab 700 litrdan ortiq qon yig‘ilgan, mingdan ziyod fuqaro faol ishtirok etgan edi. Bu yil 19-25-fevral sanalarida o‘tkazilgan xayriya tadbirida esa 387,2 litr donorlik qoni to‘plandi.
Donorlik qoni har kuni og‘ir jarrohlik amaliyotidan o‘tgan bemorlar, yo‘l-transport hodisalarida jarohat olganlar hamda onkologik kasalliklarga chalingan insonlarning hayotini saqlab qolmoqda.
Bu yilgi aksiya ham yuzlab befarq bo‘lmagan fuqarolarni birlashtiradi — unda voyaga yetgan va sog‘lig‘ida tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmagan har bir fuqaro donor sifatida ishtirok etishi mumkin. Qon topshirishdan avval ishtirokchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi — bu jarayon donor va retseptorlar xavfsizligini ta’minlaydi.
Qon topshirishdan bir necha kun oldin yog‘li, qovurilgan va achchiq ovqatlardan voz kechish, 48 soat oldin spirtli ichimlik iste’mol qilmaslik, yaxshi uxlab olish, qon topshirish kuni yengil nonushta qilish tavsiya etiladi.
“Biz — donormiz” — bu shunchaki aksiya emas.
Bu — insonlar hayotiga yangicha mazmun olib kiruvchi, jamiyat a’zolarini yaxshilik atrofida birlashtiruvchi harakatdir.
“Biz — donormiz” aksiyasiga qo‘shiling va kimningdir hayotiga umid hadya eting.
Aksiyaning o‘tkazilish joylari, vaqti hamda sanalari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin:
“BIZ – DONORMIZ!” AKSIYASINI
O‘TKAZISH JADVALI
(2025-yil 28-oktabrdan 3-noyabrgacha)
|
№ |
Hudud |
Sana |
Vaqt |
O‘tkazilish joyi |
|
1 |
Samarqand viloyati |
22-oktabr |
10:00 |
Samarqand viloyati qon quyish markazi https://maps.google.com/maps?q=39.665534,66.942072&ll=39.665534,66.942072&z=16 |
|
2 |
Xorazm viloyati |
28-oktabr |
10:00 |
Xorazm viloyati qon quyish markazi https://maps.app.goo.gl/7TjcExDkck5k8ceS7
|
|
3 |
Jizzax viloyati |
30-oktabr |
10:00 |
Jizzax viloyati qon quyish markazi https://maps.google.com/maps?q=40.128409,67.832158&ll=40.128409,67.832158&z=16 |
|
4 |
Andijon viloyati |
30-oktabr |
10:00 |
Andijon viloyati qon quyish markazi |
|
5 |
Sirdaryo viloyati |
29-30-31-oktabr |
10:00 |
Sirdaryo viloyati qon quyish markazi |
|
6 |
Namangan viloyati |
29-30-oktabr |
10:00 |
Namangan viloyati qon quyish markazi https://maps.google.com/maps?q=41.000616,71.590014&ll=41.000616,71.590014&z=16 |
|
7 |
Farg‘ona viloyati |
30-oktabr |
10:00 |
Farg‘ona viloyati qon quyish markazi |
|
8 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
29-oktabr |
10-00 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazi
https://maps.app.goo.gl/tyYT14q3qLCvhTGd9
|
|
9 |
Navoiy viloyati
|
28, 31-oktabr |
10:00 |
Navoiy viloyati qon quyish markazi https://www.google.com/maps?q=40.094323,65.384395&ll=40.094323,65.384395&z=16 |
|
10 |
Toshkent viloyati
|
29-oktabr |
10:00 |
Chirchiq shahridagi Toshkent viloyat qon quyish markazi |
|
11 |
Qashqadaryo viloyati
|
30-31-oktabr |
10:00 |
Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi https://yandex.ru/maps/org/232897878425?si=kk24a4vcf4ycfnpny9jqm3b8v4 |
|
12 |
Surxondaryo viloyati |
30-oktabr |
10:00 |
Termiz shahri qon quyish markazi https://yandex.uz/maps/org/11192001296/?ll=67.279494%2C37.226253&z=15 |
|
13 |
Buxoro viloyati |
31-oktabr 1-noyabr 3-noyabr |
10:00 |
Buxoro shahri qon quyish markazi |
|
14 |
Toshkent shahri |
30-oktabr |
10:00 |
NNTlar uyi, Furqat ko‘chasi 1/1 |