@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Hududlarda “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ekspertlik muhokamalari davom etmoqda

 2019-07-02 19:45:00   |     Просмотров: 3134

Joriy yilning 2-iyul kuni Farg‘ona shahrida yangi tahrirdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasining ekspertlik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda 40 ga yaqin mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etdi.


“Yuksalish” umummilliy harakati va USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari bo‘yicha dasturi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihasi ishlab chiqildi va ekspertlik muhokamalari tashkil etilmoqda. Bugungi kunga qadar muhokamalar Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etildi. 


Ma’lumki, Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada kuchaytirish va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi Farmoni mamlakatda demokratik yangilanishlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga o‘ziga xos turtki bo‘ldi.


Shu munosabat bilan, “Yuksalish” umummilliy harakati va USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari bo‘yicha dasturi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, shuningdek uni amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan bugungi tadbir davomida soha vakillari NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatidan kelib chiqib, qonunchilikka kiritish lozim bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar hamda hujjat loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini taqdim etdilar.


 “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati