@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va Yuridik texnikum o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 2025-06-27 11:44:37   |     Просмотров: 2199

2025-yil 26-iyun kuni Qashqadaryo viloyatidagi Yuridik texnikumda “O‘zbekistonda inklyuziv jamiyat rivoji uchun fuqarolik jamiyatining imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha “Yuksalish” harakati va Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar loyihaning asosiy yo‘nalishlari, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, inklyuzivlikni targ‘ib qilish va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdi. Muloqot chog‘ida loyiha doirasida mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va ta’sirchan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha reja va takliflar ilgari surildi.

Tadbir yakunida “Yuksalish” harakati va Yuridik texnikum o‘rtasida o‘zaro anglashuv va barqaror hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur hujjat yoshlar va mutaxassislar ishtirokida huquqiy treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va huquqiy klinikalar faoliyatini kengaytirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi.