@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

BMTning “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformasiyalash” nomli qo‘shma dasturi ishga tushirildi

 2025-04-10 16:30:09   |     Просмотров: 4256

Bugun, 10-aprel sanasida BMT Bolalar jamg‘armasi, BMT Taraqqiyot dasturi, “Yuksalish” harakati va O‘zbekistondagi Shveytsariya elchixonasining vakili bo‘lgan Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi birgalikda “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv transformasiyalash” nomli BMTning qo‘shma dasturini ishga tushirdi.

Ushbu tadbirda hukumat rasmiylari, rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlar, fuqarolik jamiyati vakillari va yoshlar ishtirok etdilar.

Qo‘shma dastur 2022-2023-yillarda oltita shaharda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan “Bolalar va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusining tajribasiga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Mazkur tashabbus qaror qabul qilish hamda ijtimoiy xizmatlarni taqdim etishda yoshlarining ishtiroki ijobiy natijalar berishini namoyon etdi. Xususan, yo‘l harakati xavfsizligi, ekologik tashabbuslar va nogironligi bo‘lgan yoshlarga xizmat ko‘rsatish yaxshilandi.

Dastur Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarining 12 ta tumanida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ega va mahalliy xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ko‘plab zaif guruhlar istiqomat qiladigan mahalliy jamoalar va hududlaoga e'tibor qaratgan holda Shveysariya hukumatining 2 million AQSh dollari miqdoridagi hissasi bilan amalga oshiriladi.

Mamlakatimizdagi islohotlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari, Yoshlar strategiyasi va mamlakatning bolalar huquqlariga sodiq ekanligiga asoslanib, inklyuzivlik va tenglikka e'tibor qaratgan holda boshqaruvni kuchaytirish hamda ijtimoiy va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu milliy ustuvor maqsadlarga muvofiq ravishda, BMTning qo‘shma dasturi inklyuziv, hisobdor, natijaga yo‘naltirilgan va hozirjavob mahalliy boshqaruvni ilgari suradi. U bolalar va yoshlarning qarorlar qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaydi va ularning sifatli mahalliy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangi qo‘shma dastur viloyatlar darajasida natijalarga asoslangan boshqaruv va byudjetlashtirish sohasidagi qonunchilik va institusional bazani takomillashtirishga qaratilgan. Bu mahalliy hokimiyat organlariga resurslarni mahalliy ustuvor maqsadlarga hamda yoshlar va bolalar ehtiyojlariga muvofiq yanada samarali, shaffof va hisobot berish asosida rejalashtirish, taqsimlash va nazorat qilish imkonini beradi. Dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish, ishtirokni rejalashtirish va samaradorlikni monitoring qilish ko‘nikmalari va tizimlarini shakllantirish orqali ushbu dastur davlat investisiyalari bolalar, o‘smirlar va ularning oilalari uchun yaxshilangan natijalarga aylanishini ta'minlashga yordam beradi. Ushbu sa'y-harakatlar davlat va ijtimoiy xizmatlarni yanada adolatli va samarali bo‘lishiga hissa qo‘shib, O‘zbekistonning keng islohotlar kun tartibini va uzoq muddatli barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Dastur yanada inklyuziv va samarali mahalliy boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash uchun jahonning ilg‘or tajribalaridan foydalanadi. U mahalliy hokimiyat organlariga natijalarga asoslangan rejalashtirishni tatbiq qilishga, qarorlar qabul qilishda yoshlar ishtirokini kuchaytirishga va davlat xizmatchilarining inklyuziv boshqaruv bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.