@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Arizalarni taqdim etishga taklif

 2025-01-22 12:11:05   |     Просмотров: 2763

Germaniya hukumati Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) "Samarali davlat boshqaruvi" dasturi "Yuksalish" harakati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi NNTlar o‘rtasida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.

DASTUR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Asosiy e'tibor fuqarolik jamiyatini faol jalb qilgan holda zaif guruhlar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan. Muayyan davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish uchun mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan fuqarolar bilan birgalikda ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan mahalliy o‘zgarish loyihalari moliyalashtiriladi.

DASTUR MAQSADI

Dastur O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan NNTlarni quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun ariza berishga taklif qiladi:

• Davlat xizmatlaridan muntazam foydalanadigan ayollar sonini ko‘paytirish;

• Davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish;

• Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida keng ma'lumot berish.

TANLOV TAFSILOTLARI

• Quyidagi tashkilotlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega:

- O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan NNT;

- kamida 5 yil davomida xalqaro tashkilotlarning loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatli tajribaga ega;

- kamida 5 yil davomida ayollar bilan ishlashda muvaffaqiyatli tajribaga ega.

• Tanlovda ishtirok etish jarayoni:

- Birinchi bosqichda manfaatdor tashkilotlar loyiha konsepsiyasini shaklga muvofiq taqdim etadilar (1-ilova).

- Ikkinchi bosqichda tanlov komissiyasidan eng yuqori ball olgan konsepsiyalar to‘liq loyihalarga aylantiriladi va moliyalashtiriladi.

• Moliyalashtirish:

- so‘ralgan moliyalashtirishning maksimal miqdori 30 000 yevroni tashkil qiladi.

- moliyalashtirish mablag‘laridan loyiha maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lmagan binolar, avtomobillar yoki jihozlarni sotib olishda foydalanish mumkin emas.

• Loyihaning davomiyligi:

- loyihaning maksimal davomiyligi 6 oy.

• Loyiha konsepsiyasiga qo‘yiladigan talablar:

1. Loyiha konsepsiyasining batafsil tavsifi, jumladan, maqsadlar, kutilayotgan natijalar va muddatlar, shuningdek, so‘ralgan miqdor. Konsepsiyada loyiha xodimlari, shuningdek, jalb qilingan mutaxassislar, shu jumladan, ularning loyihadagi roli to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘lishi kerak.

2. Taxminiy byudjet.

• Tanlash mezonlari

• Innovatsiya va dolzarblik: maqsadlarga erishishda innovatsion yondashuvlarni namoyish etadigan loyihalar.

• Maqsadga muvofiqligi: Real maqsadlar va natijalar bilan loyiha muddatlari va metodologiyasining amaliyligi.

• O‘zgarish qobiliyati: loyihaning ayollarning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda  barqaror yaxshilanishga olib kelishi.

• Inson resurslari salohiyati: loyiha guruhining loyihani samarali amalga oshirish va kutilgan natijalarga erishish qobiliyati.

• Iqtisodiy samaradorlik: byudjetiga nisbatan samarali natijalarni beradigan takliflarga ustunlik beriladi.

ARIZA BERISH JARAYONI

Takliflar "GIZ moliyalashtirish uchun ariza" mavzusi bilan info@yumh.uz elektron pochta orqali jo‘natilishi lozim. Barcha takliflar rus yoki o‘zbek tillarida taqdim etilishi va arizada ko‘rsatilganidek, barcha kerakli ma'lumotlar va hujjatlarni o‘z ichiga olishi lozim (1-ilova). Barcha arizalar 2025-yil 12-fevral (Toshkent vaqti bilan 18:00) gacha qabul qilinadi.

Xato va kamchiliklar bilan yoki belgilangan muddatdan kechroq topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.