@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yil yakunlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi faoliyatiga nazar

 2024-12-31 06:25:00   |     Просмотров: 1030

“Yuksalish” harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan "O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan 7 ta jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha jami 82 ta taklif hududiy bo‘linma tomonidan jamoatchilik.uz platformasiga  kiritildi.

Jamoatchilik monitoringi

Hududiy  bo‘linma tashabbusi bilan Davlat dasturlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan jami 23 ta jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

Tadbirlarda uy-joy qurish, ularning seysmik holatini monitoring qilish, ijtimoiy ob'ektlar, jumladan, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim va madaniyat muassasalari qurish, rekonstruksiya va kapital ta'mirlash ishlari bajarilishi o‘rganildi. Shuningdek, aholi yashash punktlaridagi ta'mirlash ishlari, elektr energiyasi, tabiiy gaz, tomorqa yerlarini sug‘orish, ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanganligi o‘rganildi.

Monitoringlar davomida qo‘yidagi natijalarga erishildi:

“Yuksalish” harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili bilan birgalikda Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Taxiatosh tumani filialida o‘tkazilgan monitoring davomida elektr isitish qurilmasining almashtirilishini talab qilgani sababli, issiq suv masalasi joyida hal etildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan ta'lim tashkilotlari sanitariya-gigiyena shaxobchalarining qurilishi va chiqindi konteynerlari bilan to‘liq ta'minlash bo‘yicha Vazirlar Kengashiga taqdimnoma kiritilgan.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta'minlash taomnomasidagi 200 ml suv o‘rniga vazirlikning 2024-yil 16-oktyabrdagi 05-43-3687-sonli xati bilan belgilangan tartibda kuler uskunasida suv yetkazib berish joriy qilindi. 

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringi natijasida:

Nukus shahridagi 10-sonli poliklinikaning "Altin jag‘is" va Bo‘z ovul" MFY hududlaridagi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy punktlarida dorilarni saqlash uchun muzlatgichlar (konteynerlar) qo‘yilishi ta'minlandi.

O‘tkazilgan aksiyalar

Hududiy bo‘linma tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2 marotaba "Bir millon daraxt" aksiyasi o‘tkazildi.

2024-yil mart oyida Nukus shahri "Do‘stlik uyi" hududida va 2024-yil noyabr oyida Nukus shahri 43-sonli maktabgacha ta'lim mussasasi hududida o‘kazildi. Mazkur aksiyalar doirasida 100 dona manzarali daraxt ekildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi QR bo‘limi bilan hamkorlikda 2 ta "Huquqiy maslahatlar kuni" aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyada,  oila huquqi, mulkiy va nomulkiy huquq hamda majburiyatlari to‘g‘risida va notarial hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida bepul huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, meros, nikoh, hadya, ijara va mol-mulk oldi-sotdi shartnomalari hamda meros vasiyatnomalari va boshqa turli muammoli masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berilib, bepul yuridik yordam ko‘rsatildi.

Jami 140 nafardan ortiq fuqaro savollariga javoblar berildi.

Shu bilan birga sentyabr va dekabr oylarida 2 marotaba "Biz donormiz" aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyada ishtirok etgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, oliy ta'lim muassasalari, mahalla yettiligi va 95 ta faol fuqaro tomonidan 42 litr 910 gram qon topshirildi.

"Fuqarolik jamiyati  haftaligi" tadbirlari

"Fuqarolik jamiyati  haftaligi" doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida  4 ta tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri bilan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchrashuvi;

“Biz donormiz!” xayriya aksiyasi;

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda deputatlar, faol davlat tashkilotlari xodimlari va NNTlar vakillaridan  jami 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Hududiy bo‘linma tomonidan yil davomida 1400 nafardan ortiq fuqaro a'zolikka qabul qilindi.