Yil yakunlari: Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limasi faoliyati
Yil davomida hududiy bo‘linma tomonidan 2394 nafar faol fuqaro Harakat a'zoligiga qabul qilindi.
“O‘zbekiston-2030” strategiyasi bo‘yicha 15 marotaba jamoatchilik muhokamasi, 32 marotaba jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi, 5 marotaba jamoatchilik eshituvi tashkil etildi.
Yil davomida 2 ta masala viloyat kengashlariga kiritilib, hal etildi. Aholi muammolariga oid tadqiqot va so‘rovlar soni 4 tani tashkil etdi.
6 marotaba turli aksiyalar tashkil etildi. Birgina “Biz donormiz” aksiyasida 28,2 litrga yaqin qon to‘plandi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududiy bo‘linma tomonidan yil davomida 125 ta manzarali va mevali daraxtlar ekilishi ta'minlandi.
Joriy yilning 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazishda hududiy bo‘linma ham faol qatnashdi. Xususan, markaziy apparat tomonidan taqdim etilgan videoroliklar viloyatdagi LED ekranlarda muntazam namoyish etib borildi.
Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi raisi doimiy komissiya raisi, Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokida davra suhbati va muhokamalar o‘tkazildi. Tadbirda NNTlar o‘z taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, haftalik doirasida “Havo ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar” mavzusidagi jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.
2024-yilgi davlat dasturi loyihasi yuzasidan keng jamoatchilik va soha vakillaridan kelib tushgan 55 ta taklif umumlashtirilgan holda jamoatchilik.uz platformasiga kiritildi.