@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yil yakunlari: Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati

 2025-01-03 08:34:00   |     Просмотров: 1081

Yil davomida 3382 ta fuqaro “Yuksalish” harakati a'zoligiga qabul qilindi.

Hududiy bo‘linma tomonidan 25 ta jamoatchilik monitoringi, 17 ta jamoatchilik eshituvi tashkil etildi. 3ta masala tuman kengashlariga, yana 3ta masala viloyat kengashlariga kiritilib, hal etildi.

Yil davomida Jamoatchilik loyihalari doirasida 8 ta muammoni hal etishga erishildi.

“Notariuslardan huquqiy bilimlar”, qon quyish aksiyalari 5 marta tashkil etildi.

Fuqarolardan kelib tushgan 11 murojaat ijobiy hal qilindi.

2024-yilgi  davlat  dasturi  loyihasi yuzasidan keng jamoatchilik  va  soha  vakillaridan  kelib tushgan  105 ta  taklif  umumlashtirilgan  holda jamoatchilik.uz platformasiga kiritildi.

 “Nosog‘lom xorijiy tashviqot (propaganda)ga qarshi kurashish” loyihasi doirasida 107 kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

 “Fuqarolik jamiyati xaftaligi” doirasida hududiy bo‘linma tomonidan “Xorijiy mamalakatlarda jamoatchilik nazoratining tashkil etilishi tajribasi va amaliyoti”  mavzusida davra suhbati, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyat mudiri U.Kuryazov va Adliya boshqarmasi boshlig‘i N.Jumaniyozov bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.