@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yil sarhisobi: Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi faoliyati

 2024-12-31 06:40:26   |     Просмотров: 1157

“Yuksalish” harakati Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi tomonidan yanvar – dekabr oylari davomida 3263 ta fuqaro a'zolikka qabul qilindi. Yil davomida jami 83 ta tadbir tashkillashtirilgan bo‘lib, shundan: 11 ta davra suhbati, 29 ta jamoatchilik monitoringi, 9 ta aksiya, 15 ta seminar trening, 4 ta amaliy seminar, jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha 10 ta tadqiqot, 3 ta jamoatchilik muhokamasi va 2 ta jamoatchilik eshituvi tashkil etilgan.

O‘zbekiston-2030 strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi yuzasidan NNtlar uyida hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi majlislar zalida 3 ta jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi va 51 ta taklif yig‘ib olindi. Jamoatchilik.uz platformasiga loyiha yuzasidan hududiy bo‘linma tashabbusi bilan 143 ta taklif kiritildi.

O‘zbekiston-2030 strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan Mahalla balansini shakllantirish hamda Maktablarni ichimlik suvi bilan ta'minlash masalalarida 2 marta jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi.

“Yuksalish” umummilliy harakati hududiy bo‘linmasi nizomida ko‘rsatilgan keng jamoatchilikni birlashtirish va davlat tomonidan ilgari surilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yaqindan ko‘maklashish vazifasi ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-yil davomida 15 ta seminar trening va 4 ta amaliy seminar tashkil etildi.

Nurafshon shahrida “Tadbirkorlik sohasida jamoatchilik nazorati”, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida “Jamoatchilik nazorati” va Olmaliq shahri va Parkent tumanida 2 martadan “Biznesning huquqiy asoslari va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish”, Zangiota, Toshkent tumanlari va Ohangaron shahrida “Mahalla yettiligining asosiy vazifalari”, Nurafshon shahrida “O‘zbekiston-2030 strategiyasini samarali amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar treninglar o‘tkazilib, 9 ta seminar trening jamoatchilik nazorati mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo‘lsa, Olmaliq shahri va Parkent tumanida o‘tkazilgan 4 ta seminar trening kambag‘allikni qisqartirish uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga motivasiya berishga, 2 ta seminar trening “Mahalla yettiligi” o‘z vazifalarini chuqur anglab, islohotlarga ko‘makchi bo‘lishiga qaratildi. Natijada Olmaliq shahri va Parkent tumanining o‘zida hozirgacha trening ishtirokchilari orasidan 20dan ortiq shaxs yangi tadbirkorlik sub'ekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nurafshon shahrida “Toshkent viloyat Oqila ayollar harakati” faoliyati yuzasidan viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida amaliy seminar tashkil etilib, ushbu harakat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rtachirchiq tumani hokimiyatida o‘tkazilgan amaliy seminarda ayollar daftari yuritilishi yuzasidan tuman hokimiyati va Xalq banki hamkorligida amaliy seminar tashkil etilib, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilindi, Zangiota va Toshkent tumanlarida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan amaliy seminarlarda davlat xizmatchilarining sohada yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.