Diqqat, vakansiya!
2024-11-14 11:31:49 |
Просмотров: 2082
“Yuksalish” harakati dasturlar va hamkorlikni rivojlantirish bo‘limining loyiha menejeri lavozimiga vakansiya ish o‘rnini e'lon qiladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- oliy ma'lumot;
- kamida uch yillik ish staji (ingliz tilini bilish, xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasi, fuqarolik jamiyati yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi);
- mas'uliyatlilik, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, katta ma'lumotlar oqimi bilan ishlash ko‘nikmasi (tahlil va umumlashtirish), stressga bardoshlilik, etakchilik qobiliyatlari;
- to‘liq ish vaqti.
Vazifalar:
- Harakatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, loyiha takliflar ishlab chiqish;
- bo‘lim faoliyatini, shu jumladan loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish;
- turli murakkablikdagi loyihalarni amalga oshirish va jarayonni nazorat qilish, nizolarni hal qilish;
- jalb qilinuvchi ekspertlar va soha mutaxassislari bilan ishlash, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni olib borish;
- loyihalar hamda bo‘lim faoliyatiga oid oraliq va yakuniy hisobotlar tayyorlash.
Oylik maosh – shtat jadvaliga asosan.
Ma'lumotnomalarni harakatning elektron manziliga yuborish so‘raladi: info@yumh.uz (“loyiha menejeri” sarlavhasi ostida).
Manzil: Toshkent shahri, Furkat ko‘chasi 1/1-uy, 8-qavat (“NNTlar uyi” binosida).