@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Oʻzbekiston va Tojikiston yoshlari ekologik tashabbuslarni muhokama qildi

 2024-10-03 11:06:18   |     Просмотров: 2373

“Yuksalish” harakati Soʻgʻd viloyatining Guliston shahrida (Tojikiston) boʻlib oʻtgan “Sirdaryo havzasi yoshlarining 2-forumi”da ishtirok etdi.   

Tadbirni Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha yoshlar guruhi Tojikiston Respublikasi Suv resurslarini boshqarish boʻyicha Milliy loyihasi doirasida Soʻgʻd viloyati Atrof-muhitni muhofaza qilish bosh boshqarmasi va Soʻgʻd viloyati davlat hokimiyati ijro organi koʻmagida oʻtkazdi. 

Shuningdek, forumda Toshkent, Fargʻona va Andijon viloyatlaridan pdagoglar rahbarligidagi oʻquvchilar, Respublika “Taraqqiyot” markazi, shuningdek, “Istiqbolli avlod” NNT vakillari ishtirok etdi.  

Forum doirasida Oʻzbekiston va Tojikiston “Yashil patrullari” faoliyatining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu eko-birlashmalar muvaffaqiyati tarixi, mahorat darslari, kvestlar taqdim etildi, “Yashil patrullar” oʻqituvchilari taqdirlandi. Jumladan, Andijon viloyati Qoʻrgontepa tumani 24-maktab direktori Dilafruza Ismoilova ham e'tirof etildi.

– Mazkur yoshlar forumi Markaziy Osiyo uchun muhim voqea boʻldi, chunki u mintaqadagi ekologiya va suv muammolarini hal qilish yoʻlidagi sa'y-harakatlarini birlashtiradi, – deb ta’kidlaydi fuqaroilik institutlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Saida Mustafaeva. – Forum nafaqat eko-onglilikni rivojlantirishga koʻmak beradi, balki tabiiy resurlardan oqilona foydalaniladigan, ekologiya va iqtisodiyot uygʻunlikda rivojlanadigan barqaror kelajakni shakllantirish maydoni boʻlib xizmat qiladi.  

Forum mintaqa mamlakatlaridan kelgan yoshlar uchun muloqot maydoni yartdiki, unda ekologik tafakkur va tabiiy resurslardan foydalanishning yanada ishonchli amaliyotlarini shakllantirish boʻyicha muhim masalalar hal qilindi. Yoshlar ekologik tashabbus boʻyicha bilimlarni tarqatib hamda mahalliy hamjamiyatlarni shu tashabbuslarga jalb qilib, mazkur oʻzgarishlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishmi mumkin.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati