@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Diqqat, vakansiya!

 2024-09-06 12:09:52   |     Просмотров: 1904

"Yuksalish" harakati matbuot kotibi lavozimiga vakansiya e'lon qiladi.

Talab etiladigan ish tajribasi: 1-3 yil.
To‘liq bandlik, to‘liq ish kuni.

Vazifalari:

  • Tashkilotning axborot siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, matbuot xizmatining ish rejalarini va hisobotlarini tayyorlash;
  • Tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Axborot makonini doimiy monitoring qilib borish (zarur hollarda munosabat bildirish);
  • Press-relizlar, nutqlar tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoq sahifalarini yuritish;
  • Tashkilotning sayti va axborot kanallari samaradorligini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot;
  • O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish.
  • Jurnalistika sohasida ish tajribasi 3 yildan kam bo‘lmasligi (xorijiy tillarni bilishi, matbuot xizmatida ish tajribasi, PR ustunliklarga ega).

Qadriyatlarimiz:

  • Mas'uliyat, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, tahliliy va tanqidiy fikrlay olish, katta axborot oqimi bilan ishlay olish qobiliyati, detallarga e’tiborli bo‘lish, tezkorlik, yetakchilik sifatiga ega bo‘lish.

Shart-sharoitlar:

  • To‘liq ish kuni (09:00-18:00), haftasiga besh kunlik ish rejimi, xizmat safarlari.
  • Maosh — suhbat natijasiga ko‘ra.

O‘zingiz haqingizdagi ma'lumotni harakatning elektron pochtasiga yuborishingizni so‘raymiz: info@yumh.uz (mavzuni "matbuot kotibi vakansiyasi uchun" deb ko‘rsating).

Manzil: Toshkent, Furqat ko‘chasi, 1 uy ("Do‘stlik va NNTlar uyi", 8-qavat).