@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

"Milliy maslahatchi" lavozimiga tanlov e'lon qilinadi

 2024-03-19 16:40:30   |     Просмотров: 1608

“Yuksalish” harakati “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida “Arzon uy-joy uchun subsidiyalar va ipoteka kreditlarini ajratishda korrupsiya va nohalollik xavfi omillarini baholash” mavzusida tadqiqot o‘tkazish maqsadida quyidagi lavozim uchun tanlov e’lon qiladi:

  • Mahalliy maslahatchi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va vazifalar haqida batafsil Texnik topshiriqda tanishish mumkin.

Mahalliy konsultant uchun texnik topshiriq

Loyiha maqsadi – respublika miqyosida arzon uy-joylarni subsidiyalash va ipoteka krediti berishda korrupsiya va nohalollik xavfini baholash metodologiyasi hamda mexanizmini yaratish, aniqlangan xatarlar darajasini pasaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularni tegishli tashkilotlarga kiritish. Loyihaning asosiy mahsuloti bu – mavzu bo‘yicha huquqiy va institutsional baza tahlili, tadqiqot natijalari va aniqlangan korrupsiya xavfini kamaytirish bo‘yicha beriladigan tavsiyalardir.

O'TKAZILISH JOYI: O‘zbekiston Respublikasi

O'TKAZILISH VAQTI: 2024-yil mart-sentyabr

Rezyumeni info@yumh.uz elektron manziliga 2024-yil 31-mart soat 23:55 dan kechiktirmay, faylni texnik topshiriqda ko‘rsatilgan yo‘riqnomada muvofiq to‘ldirib, “Korrupsiyaga qarshi kurash laboratoriyasi eksperti”  deb ko‘rsatgan holda yuborishingizni so‘raymiz.

Loyiha “Yuksalish” harakati tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.