@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Aksilkorrupsiya laboratoriyasi forumda taqdimot qilindi

 2023-11-04 20:44:00   |     Просмотров: 2172

Joriy yilning 3-noyabr kuni poytaxtimizda “III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” bo‘lib o‘tdi. 

Forum maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan choralar hamda erishilgan natijalarni mahalliy va xorijiy hamkorlar, keng jamoatchilik bilan muhokama va sarhisob qilish, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish va bu borada xalqaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, kelgusidagi rejalar, yangi istiqbollarni belgilab olish.

Forum doirasida bir necha yalpi majlislar, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, NNTlar tomonidan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati shakllari kabi qator mavzularda bir necha interaktiv sessiyalar o‘tkazildi.

Sessiyalardan birida “Yuksalish” umummilliy harakati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” faoliyati taqdimot qilindi. Loyiha koordinatori Lyudmila Stayshyunayte korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va nodavlat sektorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba haqida ma’ruza qildi.

Laboratoriya loyihasi 2020-yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyiha statistik ma’lumotlar, OAVdagi mavzuga oid materiallar, ilmiy maqolalar, qonunchilik, respublika bo‘ylab maqsadli guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar va xalqaro tajribani tahlil qilishning turli usullaridan foydalangan holda korrupsiya xavfi omillarini o‘rganish imkonini beruvchi ekspertlik platformasidir.

Birinchi, eksperimental bosqich bolalarni boshlang‘ich sinfga qabul qilishda korrupsiya xavfi omillarini o‘rganishni o‘z ichiga oldi, ikkinchi laboratoriyada maktabgacha ta’limda davlat xususiy sheriklikning xavf-xatarlari o‘rganildi.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha ekspertlar tomonidan korrupsiya xavfini kamaytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati