Vakansiya: Matbuot xizmati rahbari lavozimiga nomzod izlamoqdamiz
“Yuksalish” umummilliy harakati Matbuot xizmati rahbari – rais maslahatchisi lavozimiga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi:
Talablar:
• oliy ma’lumot;
• jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi (chet tillarini bilish, matbuot xizmati, PR yo‘nalishidagi tajriba ustunlik beradi);
• mas’uliyatlilik, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, tahliliy va tanqidiy fikrlash, katta axborotlar oqimi bilan ishlash ko‘nikmasi, stressga bardoshlilik, yetakchilik qobiliyatlari;
• to‘liq bandlik (09:00—18:00), besh ish kuni.
Vazifa va majburiyatlar:
• tashkilotning axborot siyosatini hamda Matbuot xizmati ishining joriy va kelgusi rejalarini tuzish, ularni amalga oshirish;
• tashkilot faoliyatini axborot bilan ta’minlash;
• axborot makonini muntazam monitoring qilish (zarur bo‘lganda munosabat bildirish);
• jamoatchilik bilan muloqot va o‘zaro hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
• tashkilotning sayti, axborot kanallari samaradorligini tahlil qilish, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Oylik maosh suhbat asosida (nomzodning bilimi va tajribasiga qarab).
Imkoniyatlar: Jamoaning qo‘llab-quvvatlovi, davlat va mintaqaviy darajadagi loyihalarda ishtirok etish, O‘zbekiston Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy bandlik.
Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (rezyume)ni “Yuksalish” harakatining info@yumh.uz elektron manziliga “Matbuot xizmati rahbarligi uchun vakansiya” deb yozgan holda yuborishlarini so‘raymiz.
Manzil: Toshkent sh., Furqat ko‘chasi, 1-uy (“Do‘stlik va NNTlar uyi” binosi, 8-qavat).