@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O‘zbekistonning tuman va shahar hokimlari: ular kimlar?

 2023-07-31 12:15:54   |     Просмотров: 3523

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mahalliy boshqaruvni nomarkazlashtirish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rildi. Aytish mumkinki, mahalliy hokimliklarning mustaqil qaror qabul qilish darajasi oshdi. Masalan, 33 ta vakolat va funksiyalar Markaziy boshqaruv organlaridan mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazildi.

Davlat miqyosidagi qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini ta’minlash qonuniy asoslar bilan mustahkamlandi. Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tizimi joriy etildi. Mahalliy budjetlarning ixtiyorida qolayotgan mablag‘lar miqdori so‘nggi yetti yilda 27 baravarga oshib, 10,1 trln so‘mga yetdi.

Tuman va shaharlarning qiyofasini o‘zgartirish, iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, mahalliy infratuzilmalarni yaxshilash kabi masalalar ko‘p jihatdan mahalliy boshqaruvga, ayniqsa, hokimlarning bilim va mahorati, ularning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘lmoqda.

Shu sababli, “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonda mavjud tuman va shaharlar boshqaruvidagi kadrlar salohiyatiga doir tadqiqotni boshladi. Ushbu tadqiqot bugungi hokimlarning zamonaviy menejment va zamon talablariga qanchalik javob bera olishi haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berib borishni nazarda tutadi.

E’tiboringizga O‘zbekiston hokimlari haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi dastlabki ma’lumotlarni havola etamiz.

Tayinlovga qadar asosiy faoliyat sohasi:

Mahalliy boshqaruv organlarida – 96 

Respublika boshqaruv organlarida – 35 

Bank sohasida – 19 

Prokuratura organlarida – 18 

Ichki ishlar organlarida – 8 

Davlat korxonalari boshqaruvida – 7 

Tadbirkorlikda – 4 

Deputatlikda – 4 

Soliq sohasida – 4 

Favqulodda vaziyatlar tizimlarida – 2 

*11 ta tuman va shahar hokimi lavozimi bo‘sh

Mutaxassisligiga ko‘ra:

Iqtisodchi – 25%

Huquqshunos – 13%

Muhandis – 10%

Qishloq xo‘jaligi – 8%

Moliyachi – 7%

Qurilish – 5%

Pedagog – 5%

Hokimlarning o‘rtacha yoshi – 46

Eng yosh hokimlar Toshkent viloyatida – o‘rtacha 40 yosh

Eng yosh hokim Narpay tumanida – 32 yosh

Eng yoshi katta hokimlar Jizzax viloyatida – o‘rtacha 51 yosh

Eng yoshi katta hokim Kogon tumanida – 71 yosh

*Ayol hokimlar jami hokimlarning 2%ini tashkil qilmoqda –Kattaqo‘rg‘on shahri, Boyovut, Bo‘ston va Olot tumanlari

“Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati