@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Grafik dizaynermisiz? Ish bor

 2023-04-14 10:32:44   |     Просмотров: 2906

“Yuksalish” umummilliy harakati Matbuot xizmati bosh mutaxassisi (grafik dizayner) lavozimiga tanlov eʼlon qiladi.

Talablar:

  • oliy yoki oʻrta-maxsus yoki kasb-hunar maʼlumoti;
  • grafik dizayn sohasida kamida 2 yillik tajriba (Adobe Photoshop, Illustrator, Corel Draw, After Effects, Indesign yoki Premiere Pro dasturlarida erkin ishlay olish);
  • belgilangan muddatga amal qilish, ishga ijobiy yondashish, kreativlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil fikrlash, stresslarga bardoshlilik;
  • kompozitsiya asoslarini bilish, ranglar bilan ishlay olish, bosma nashr talablarini bilish, animatsiyadan xabardorlik;
  • toʻliq bandlik (09:00—18:00), besh ish kuni.

Vazifalar:

  • texnik topshiriq boʻyicha grafik mahsulotlarning original maketlarini yaratish;
  • texnik topshiriq va ssenariy boʻyicha animatsion videoroliklarni yaratish;
  • veb-sayt sahifalarini, bosma mahsulotlarning maketlarini (tashrif qogʻozlari, flayerlar, bukletlar va boshqalar) ishlab chiqish (sahifalash);
  • matbaa ishlab chiqarishning texnologik talablariga muvofiq original maketlarni chop etishdan oldin tayyorlashni amalga oshirish;
  • tashkilot faoliyati va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar yoʻnalishlari boʻyicha infografika konsepsiyalarini va grafik dizaynini ishlab chiqish;
  • tashkilotning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi maqolalar va postlar uchun vizual materiallarni tayyorlash;
  • maxsus uslubni (firmennыy stil) ishlab chiqish, tashkilotning maxsus uslubiga muvofiqligini nazorat qilish;
  • suvenir mahsulotlarning dizaynini ishlab chiqish;
  • reklama materiallar va bannerlarini dizaynini yaratish;
  • taqdimot materiallarini tayyorlash.

Oylik maosh suhbat asosida (nomzodning bilimi va tajribasiga qarab).

Imkoniyatlar: jamoaning qoʻllab-quvvatlovi, davlat va mintaqaviy darajadagi loyihalarda ishtirok etish, lavozimga koʻtarilish.

Oʻzbekiston Mehnat kodeksi boʻyicha rasmiy bandlik.

Rezyumelarni “Yuksalish” harakatining info@yumh.uz elektron manziliga “Grafik dizayner lavozimiga” deb yozgan holda yuborishingizni soʻraymiz.

Manzil: Toshkent sh., Bunyodkor chorrahasi 1A-uy (“Doʻstlik va NNTlar uyi” binosi, 8-qavat, “Yuksalish” harakati ofisi).