@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati vakillari Pekin shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

 2019-05-14 18:35:14   |     Просмотров: 4350

“Yuksalish” harakati vakillari joriy yilning15–22 maykunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo mamlakatlari bilan muloqotga bag‘ishlangan birinchi anjumanda ishtiroket moqdalar. Asosiy mavzu—“Osiyo sivilizatsiyasi vakelajagi umumiy hamjamiyat barpo etish”. Ushbu mavzu yuzasidan muhokamalar bir vaqtning o‘zida oltita alohida forumlarda bo‘lib o‘tadi.

Dastur doirasida XXR va turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 30 mingga yaqin mehmonlar ishtirokida Osiyo madaniyati karnavali, Osiyo sivilizatsiyasi haftaligi hamda gastronomik festival o‘tkaziladi. 

“Yuksalish” harakatiraisi Akmal Burxanov mazkur xalqaro anjumanning ochilish marosimida tabrik so‘zi bilan hamda Osiyo sivilizatsiyalarining madaniy xilma-xilligi, o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yishda yoshlarning o‘rni mavzulariga bag‘ishlangan forum da ma’ruza bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati va Xitoy Xalq Respublikas iIjtimoiy fanlar akademiyasining Global strategiya milliy instituti, shuningdek Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan. 

Bugun, 14 may kuni esa Pekin shahrida anjuman arafasida XXR Raisi Si Szinpin va uningrafiqasi Pen Liyuan nomidan qabul tashkiletildi. Unda XXR yetakchisi O‘zbekiston delegatsiyasini do‘stona kutib oldi. 

Norasmiy tadbir davomida “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon Fanlarakademiyasi prezidenti Akif Agaxmexti o‘g‘li Alizoda, Qirg‘iziston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Murat Jumatayev, Tokio universiteti professori Oki Yasushi va boshqalar bilan fikr almashdi.

“Yuksalish” harakati matbuot xizmati