@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida “yo‘l xaritasi” imzolandi

 2019-04-26 11:06:30   |     Просмотров: 5091

2019 yilning 26 aprel kuni “Yuksalish” harakati va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida “yo‘l xaritasi” imzolandi. Unda 2019 yilda o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilangan.

Hujjat BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida imzolandi.

Tomonlar ikki tashkilot o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni birgalikda amalga oshirishga hayrixoh ekanliklarini bildirdilar. Jumladan, hamkorlik doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, fuqarolarning yo‘l harakati qoidalaridan xabardorligini hamda avtotransportda harakatlanish madaniyatini oshirish kabi loyihalar o‘rin olgan. 

Bundan tashqari, Termiz shahrida afg‘on yoshlari uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari va “Yuksalish” umummilliy harakati burchagini tashkil etish, hududiy oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida seminar va ilmiy konferensiyalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 fevral kuni BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasida uchrashuv tashkil etilgan edi. Muzokaralar natijasida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” ishlab chiqishga kelishib olgandilar.

"Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati