@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Yuksalish” harakati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

 2019-04-18 17:24:18   |     Просмотров: 4307

2019 yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Yuksalish” harakati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, tomonlar Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan islohotlar, shu jumladan, Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, xotin-qizlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Jumladan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali ijrosini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish kabi masalalarida hamkorlik qiladilar. Shuningdek, xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, biznes va akademik doira, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Memorandum doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Yuksalish” umummilliy harakati tegishli qonun va qonunosti hujjatlarda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish maqsadida yillik qo‘shma rejalar, chora-tadbir dasturlarini qabul qilishlari mumkin.

O‘zaro hamkorlikning yana bir yo‘nalishi jamiyatda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, forumlar, seminarlar, brifing, munozara va muhokamalar, davra suhbatlarini o‘tkazish hisoblanadi.