@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O'zbekistondagi Innovatsiyalar uchun Hamkorlik (P4I) dasturi doirasida mahalliy nodavlat kovorking markazlarini yaratish va rivojlantirish bo'yicha grant tanlovi e'loni

 2020-12-03 16:31:39   |     Просмотров: 3264

"Yuksalish" umummilliy harakati va "ARGO" fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi USAIDning moliyaviy ko'magi ostida "Innovatsiya uchun hamkorlik" dasturi doirasida Resurs markazlarining ("NNTlar kovorking markazlari") zamonaviy modellarini yaratish va rivojlantirish bo'yicha tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash maqsadida grant oluvchilar o'rtasida grant tanlovini e'lon qiladi.

P4I dasturining maqsadi hukumat idoralari bilan samarali muloqot va o'zaro manfaatli hamkorlik orqali ijtimoiy sohadagi milliy, mintaqaviy, mahalliy siyosat va dasturlarni shakllantirish va amalga oshirishda, benefitsiar va maqsadli guruhlar manfaatlarini ilgari surish va qarorlar qabul qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish,

Grant tanlovining maqsadi: O'zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining tashkiliy rivojlanish bo'yicha kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, shuningdek, resurs markazlarining zamonaviy modellari - “Kovorking NNT markazlari” ni ishlab chiqish orqali NNT va davlat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish.

Hududlarda resurs markazlarining zamonaviy modellarini ishlab chiqish bo'yicha loyihalar - "NNT kovorking markazlari" quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga olishi mumkin, lekin ular bilan cheklanmagan:

• mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari uchun qulay ish joyini yaratish

• NNTlar uchun sifatli xizmatlar to'plamini taqdim etish:

- vaqtinchalik ofis uchun ish joyini tashkil etish;

- Internet va elektron kutubxona tashkil etish;

- mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini o’tkazish uchun joyni tashkil etish;

- org texnikadan foydalanish imkoniyati;

- nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkiliy rivojlantirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bog'liq boshqa sohalarda maslahat berish;

- tematik treninglar, malaka oshirish tadbirlarini amalga oshirish;

• nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat idoralari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar o'rtasida konstruktiv muloqot va o'zaro hamkorlik uchun ochiq, neytral maydonni ta'minlash.

Grant tanlovida ishtirok etuvchilarga qo’yilgan talablar:

1. Arizalar O'zbekistondagi “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturining grant oluvchilari bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlaridan qabul qilinadi.

2. Arizalar topshirilayotganda, “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalarni yakunlagan (loyihani amalga oshirish to'g'risidagi akt va loyihani yopish to'g'risidagi memorandum imzolagan) NNTlardan qabul qilinadi.

3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining asosiy hodimlari NNTlar VEB-akademiyasining "Nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlar bo'yicha moliyaviy hisobot" onlayn kursini o'tashlari va kursni muvaffaqiyatli tugatganligi to'g'risida guvohnoma taqdim etishlari shart.

4. Bitta nodavlat tashkilotdan faqat bitta ariza qabul qilinadi;

5. Loyihani amalga oshirish 3 oygacha bo’lishi kerak;

6. NNTlar hech qanday siyosiy kuchlarga (partiyalar, harakatlar, yetakchilar va boshqalar) bog'liq bo'lmasligi kerak.

Grant talabgorlari uchun taqdim etilishi kerak bo’lgan hujjatlar ro'yhati:

1. To'ldirilgan ariza (belgilangan formatga muvofiq);

2. Yuridik shaxsni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (notarial tasdiqlashsiz);

3. Yuridik shaxs Ustavining nusxasi (notarial tasdiqlanmagan holda);

4. To'ldirilgan byudjetning elektron versiyasi (belgilangan formatga muvofiq Excel formatida);

Agar taklif qilingan loyihani moliyalashtirish to'g'risida qaror qabul qilinsa, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

- qarzdorlikning yo'qligi to'g'risida mahalliy soliq idorasidan ma'lumotnoma;

- hisobvarag'ining mavjudligi to'g'risida bank guvohnomasi.

Quyidagi faoliyatni o'z ichiga olgan arizalar ko'rib chiqilmaydi:

- Muayyan siyosiy kuchlarni qo'llab-quvvatlash (partiyalar, harakatlar, etakchilar va boshqalar) yoki ularning nomidan manfaatlarni ilgari surish;

- diniy faoliyat;

- faqat gumanitar yo'naltirilgan faoliyat;

- nazariy va ilmiy tadqiqotlar;

- kapital qurilish loyihalari (infratuzilma loyihalari).

- O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlangan buzg'unchi harakatlar.

Arizalarni baholash tamoyillari:

Tanlov komissiyasi tomonidan ko'rib chiqilishidan oldin barcha arizalar grant tanlovi talablariga muvofiqligi uchun dastlabki tanlovdan o'tkaziladi.

Arizalar quyidagi ball tizimida ko'rib chiqiladi:

• Tashkilot salohiyati - 25 ball

• Mahalliy "NNTlarning kovorking markazi" ni yaratish ehtiyojlarini aniq asoslash, loyihaning real maqsadlari va vazifalari - 20 ball

• Loyiha faoliyati aniq natijalar va loyiha maqsadlariga erishishga qaratilganligi - 20 ball

• loyihaning kutilgan natijalari asoslanishi, tanlovning maqsadlari va ustuvorliklariga mos kelishi - 15 ball.

• Loyiha byudjeti loyiha faoliyatiga mos kelishi. Xarajatlar bozor narxlariga mos kelishi - 10 ball

• Loyiha natijalarining barqarorligi - 10 ball

Arizalarni topshirish:

Arizalarni qabul qilishing boshlanishi:                      03.12.2020.

Arizalarni qabul qilishning yakunlanishi:                10.12.2020.

Grantning amalga oshirish muddati:                         3 oy gacha

Grantning miqdori:                                               10 000 $ gacha

Arizalar o’zbek yoki rus tillarida p4i@yumh.uz  elektron manziliga “NNTlar uchun kovorking markazni tashkil etish va rivojlantirish” sarlavhasi bilan 2020 yilning 10 dekabr soat 18:00 gacha yuborilishi kerak. Elektron hatning hajmi 2 MBdan oshmasligi kerak, agar hatning hajmi 2 MBdan oshib ketsa, uni 2 yoki undan ortiq qismlarga bo’lish lozim. 
 

Yuklab olish uchun fayllar