@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Kovorking-markazi ochilishi: fuqarolik jamiyati institutlari uchrashishi va hamkorlikda ishlashlari uchun bepul maydon

 2019-04-10 14:19:00   |     Просмотров: 3867

Bugungi tadbirda “Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi vakillari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mutaxassislari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojiga qaratilgan uchrashuvlar o’tkazish, ma’lumotlar bilan ulashish hamda o’zaro hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan yangi kovorking-markazi ochildi.

“Innovatsiyalar uchun hamkorlik” dasturi “Yuksalish” umummilliy harakati, Qozog‘istonning Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasi (ARGO) tomonidan hamda AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida amalga oshirilayotgan bo’lib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari va biznes hamjamiyati o‘rtasida samarali va konstruktiv hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali fuqarolik jamiyatining rolini yanada oshirishga qaratilgan. Ikki yilga mo’ljallangan dastur mamlakatda fuqarolik jamiyati rivoji va jamoatchilik boshqaruviga fuqarolarni jalb qilishda amaliy mexanizmlarni tadbiq etishga qaratilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 9,200 dan ortiq NNTlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, demokratik qadriyatlarni ilgari surish, ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, mamlakatdagi siyosiy, huquqiy va madaniy o‘zgarishlar jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb qilish yuzasidan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud.

Kovorking-markazining ochilishi fuqarolik jamiyati faollari o‘z hamkasblari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishlari, turli muhokamalar o‘tkazishlari va yangi fuqarolik tashabbuslarini tadbiq etish hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarni oshirishlari uchun xizmat qiladi. Buning uchun barcha zarur resurslar - kompyuterlar, videokonferensaloqa tizimi va boshqa ofis jihozlari mavjud bo’lib, ulardan bepul foydalanish mumkin. Kovorking-markazida, shuningdek, manfaatdor tomonlar uchun muammolarni muhokama qilish va ularga yechim topish, davlat idoralari bilan hamkorlikni yanada yaxshilash imkoniyatini beruvchi taqdimotlar, fuqarolik forumlari, videoanjumanlar o‘tkaziladi. 

Ochilish marosimida mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislari, xalqaro moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar va O‘zbekistondagi xorijiy davlatlarning elchixonalari, biznes doira, jamoat fondlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.