@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Akmal Burhanov Nagoya Universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyaning O‘zbekiston filiali rahbari etib saylandi

 2019-12-19 18:00:00   |     Просмотров: 3189

Nagoya universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyasi 2000 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 14 ta mamlakatda uning filiallari tashkil etilgan. Bugungi kunda Toyota korporatsiyasining faxriy raisi Shoichiro Toyoda ushbu assotsiatsiya prezidenti hisoblanadi.

Bitiruvchilar assotsiatsiyasi a’zolarining so‘nggi yig‘ilishida “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Nagoya universiteti bitiruvchisi Akmal Burhanov O‘zbekiston filialiga rahbar etib saylandi. Endilikda u bir vaqtning o‘zida ushbu lavozimda ham faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston filiali ushbu ta’lim dargohini bitirgan o‘zbekistonlik talabalar, yosh olimlar hamda universitet o‘rtasida kelgusi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek boshqa mamlakat bitiruvchilarini ham ilm-fan, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, o‘zaro tajriba almashish jarayonlariga faol jalb qilishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, Nagoya universiteti dunyodagi yetakchi ta’lim muassasalari sifatida e’tirof etiladi. Ko‘plab Nobel mukofoti sovrindorlari va boshqa mashhur olimlar ushbu universitet bitiruvchilari hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha 400 dan ortiq o‘zbekistonlik talaba va tadqiqotchilar ushbu dargohda ta’lim olib qaytishgan.

 

                                                                                                                                                                                                                                “Yuksalish” harakati matbuot xizmati