@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“BIR MILLION DARAXT” AKSIYASI TERMIZ SHAHRIDA START BERILDI. TADBIRNING ILK KUNIDA 200 MING DONA KO‘CHAT EKILDI

 2019-11-18 15:14:00   |     Просмотров: 3719

Joriy yilning 17 noyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan boshlangan “Bir million daraxt” aksiyasiga Surxondaryo viloyatida ham rasmiy start berildi. Shu munosabat bilan Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burkhanov, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda faxriylar so‘zga chiqib, barchani ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chorlashdi.

Viloyatdagi Mustaqillik maydoni hududida boshlangan tadbir kun davomida Termiz shahri va Termiz tumanlarida davom etdi. Natijada 200 mingga yaqin ko‘chatlar o‘tkazildi. Bunda qurgoqlik va issiqga chidamli ko‘chatlar ekilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, katalpa, sharq tuyasi, siren’, qayrağoch kabi ko‘plab manzarali daraxt navlari ham xiyobon va ko‘chalarga, tashkilot, korxona va muassasalar hovlisiga ekildi. Termiz shahrida start berilgan tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Jumladan, joriy yilning 19 noyabr kuni “Yuksalish” umummilliy harakati hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriluvchi “UzWaterAware” Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazining O‘zbekistondagi filiali loyihasi vakillari Surxondaryo viloyatida suvni tejovchi vositalar yordamida ko‘chat ekish bo‘yicha master-klass va uchrashuvlar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, “Bir million daraxt” aksiyasiga 2019 yilning 24 oktyabr kuni start berilgan edi. Ushbu davr mobaynida daraxt ko‘chatlarini o‘tkazish tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazildi.