@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati raisi AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

 2019-09-20 15:55:00   |     Просмотров: 3662

“Yuksalish” harakati raisi Akmal Burhanov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar hamda “Yuksalish” umummilliy harakatining bugungi kundagi faoliyati asosiy mavzular sifatida muhokama qilindi.

Akmal Burhanov AQSh vakillariga “Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy maqsad va vazifalari, turli yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek hududlarda NNTlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, AQShning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) moliyaviy ko‘magida hayotga tadbiq etilayotgan “Innovatsiyalar uchun hamkorlik – P4I” dasturi, USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlari dasturi doirasida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va milliy modelini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalar alohida ta’kidlandi.

Mehmonlarda “Yuksalish” harakati tomonidan Toshkent shahri va hududlarda yangi tahrirdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va ekspertlik muhokamasi tashkil etilgani, shuningdek, aholining takliflarini o‘rganish va tegishli vazirlik hamda idoralarga taqdim etishga xizmat qiluvchi “Jamoatchilik.uz” onlayn-platformasi katta qiziqish uyg‘otgani qayd etildi.

 

                                                                                                                                                                                                                               “Yuksalish” harakati matbuot xizmati.