@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi “Yuksalish” umum milliy harakati faxriy a’zosiga aylandi

 2019-09-06 20:25:00   |     Просмотров: 4304

Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Qahraman Ramatullaevich Sariev “Yuksalish” umum milliy harakati faxriy a’zosiga aylandi.

A’zolik sertifikati “Yuksalish” umum milliy harakatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi rahbari tomonidan topshirildi.

Fursatdan foydalanib, Qahraman Ramatullaevichga harakat faoliyatini yaqinidan qo‘llab-quvvatlab kelyotgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha harakat a’zoligiga hududlarda aholi o‘rtasida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan ko‘plab yurtdoshlarimiz, yoshlar, shuningdek, xorijda istiqomat qilib, yurtimiz taraqqiyotiga o‘zining beminnat hissasini qo‘shayotgan bir guruh vatandoshlarmiz qabul qilindilar.

A’zo bo‘lish: https://yumh.uz/uzc/membership

 

                                                                                                                                                                                                                             "Yuksalish" harakati matbuot xizmati.