@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Xorazm viloyatida faol yoshlarga a’zolik sertifikatlari topshirildi

 2019-08-29 15:23:00   |     Просмотров: 3253

Bugun Xorazm viloyatida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan faol yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida “Yuksalish” umummilliy harakati maqsad va vazifalari, uning faoliyat yo‘nalishlari, shu jumladan yoshlarga qaratilgan loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
 
Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilarga mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan islohotlar va ushbu jarayonlarda “Yuksalish” umummilliy harakati oldida turgan salmoqli vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Jumladan, viloyatda yengil avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalari, yengil sanoat va to‘qimachilik mahsulotlari kabi 50 dan ortiq yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani, shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi va servis sohalarida islohotlar jadal davom etayotgani, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsion sharoitni yanada yaxshilash choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi natijasida qabul qilingan alohida dastur va “yo‘l xarita”lariga muvofiq zamonaviy temir yo‘llar, Prezident maktabi, ijod maktablari barpo etilganligi hamda vohada investitsiya va turizmni yanada rivojlantirilayotganligi haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida veb-sayt (https://yumh.uz/uzc/membership) orqali “Yuksalish” umummilliy harakati a’zoligiga qabul qilingan yoshlar uchun sertifikatlar topshirildi.